1400 dan 1500 gacha bo'lgan yo'l — bitta grafikda
Maqsad ball, har bir practice test (Math va Reading & Writing), darslar va to'lovlar bitta sahifada.
Bluebook skrinshotlari chatda qoladi, o'sish ko'rinmaydi.
Har oy natijalarni yig'ib yozib berish kerak bo'ladi.
Kim nechta darsga to'lagan, kim qarz — daftarda hisoblanadi.
Har bir o'quvchiga maqsad ball va imtihon sanasini qo'ying, har mock natijasini bir bosishda kiriting — grafik o'zi chiziladi.
Dars kunlari va vaqtini bir marta kiriting — darslar oldindan tuziladi, ko'chirish sudrab tashlash bilan.
O'tgan dars hisoblanadi, to'lov yoziladi, balans pul va dars sonida ko'rinadi. Qarz eslatmasi o'zi boradi.
O'z testingizni yarating yoki AI bilan tuzing. Qaysi mavzuda xato ko'pligi progress sahifasida ko'rinadi.